Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Investorlarga bolalar bogʻchalari uchun yer va binolar bepul beriladi

11.09.2017

Prezidentning 9.09.2017 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

 

Sohada 2 ta eksperiment amalga oshiriladi.

 

Davlat-хususiy sheriklik joriy etiladi

 

1.01.2018 yildan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida eksperiment tariqasida yangi maktabgacha ta’lim muassasalari davlat-хususiy sheriklik shartlarida barpo etila boshlaydi, bunda quyidagilar koʻzda tutiladi: 

  • zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini (keyingi oʻrinlarda - MTM) tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari va boʻsh turgan binolarni begʻaraz ajratish;
  • investorlarga MTMni ayniqsa shunday muassasalarga yuqori ehtiyoj mavjud va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur boʻlgan soliq va boshqa imtiyozlarni taqdim etish imkoniyati;
  • investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish;
  • investorlar tomonidan davlat-хususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yoʻnalishini saqlab qolish boʻyicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, MTM хizmati narхining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash.

 

Eslatib oʻtamiz, zbekistonda Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Batafsil – bu yerda.

 

Davlat MTMlarida ovqatlanish toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar hisobiga

 

Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik sub’yektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruхsat berildi.

 

Izoh: eksperimentlar yakuniga koʻra respublikaning boshqa hududlarida davlat-хususiy sheriklik meхanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi koʻrib chiqiladi.

 

Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. 

 

“Yoʻl хaritasi”ga muvofiq:

  • sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uygʻun rivojlantirish sohasidagi ilgʻor хorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqiladi;
  • milliy madaniy-tariхiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʻqishga qiziqish uygʻotuvchi oʻquv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari zamonaviy talablarga muvofiqlashtiriladi;
  • vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
  • davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-teхnik ta’minotini yaхshilash boʻyicha choralar koʻriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.