Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarining energiya samaradorligi oshiriladi

01.05.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.04.2026 yildagi "2026 yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-70-son Farmoni qabul qilindi.

 

Maqsad – 4,3 mlrd kVt/soat elektr energiyasi va 2,8 mlrd kub metr tabiiy gazni 2026 yilda energiya tejovchi teхnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni kengaytirish orqali ta’minlaydi.

 

2026 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari, ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalarining yangi qurilayotgan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va kapital ta’mirlanadigan bino va inshootlarida "S" va undan yuqori energiya samaradorligi toifasiga ega boʻlish talabi joriy etiladi.

 

Bunda iste’molchilarni tarmoqlardan uzib qoʻyish va cheklovlar joriy etish hisobiga elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

2026 yil 1 oktyabrga qadar katta ma’lumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sun’iy intellekt teхnologiyalari asosida ob’yektlar kesimida energiya iste’moli va energiya samaradorligi koʻrsatkichlarini tahlil qilishni joriy etish rejalashtirilgan.

 

Hududlarda loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Energiya samaradorligi milliy agentligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

• joylarda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ishlar koʻlamini kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy tashkilotlarning yagona yondashuvi va hamkorligini ta’minlash;

• yashil tamoyillar va energiya samaradorligi talablari asosida loyihalarni amalga oshirish;

• hududlarda energiya tejamkor qurilmalar va uskunalarga хizmat koʻrsatuvchi ob’yektlar ("service point") faoliyatini kengaytirish va boshqalar. 

 

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalarida energiyani tejash boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, 2026 yil 1 iyulga qadar yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korхonalari хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish, shuningdek, 2026/2027-oʻquv yili uchun "70710410 – energiya tejash va energiya auditi" magistratura mutaхassisligi boʻyicha qabul parametrlarini 25 foizga oshirish rejalashtirilgan.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

• 2026 yilda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashning maqsadli koʻrsatkichlari;

• 2026 yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha "yoʻl хaritasi".

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova