Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Iqtisodiy protsessual kodeks tasdiqlandi

29.01.2018

 

24.01.2018 yildagi OʻRQ-461-sonOʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqidagi Qonun Xalq soʻzi gazetasida e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 21.02.2017 yildagi PF-4966-son Farmoni bilan oʻsha paytda faoliyat koʻrsatgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari (ishlarni birinchi va apellyatsiya sudlarida koʻrib chiqishardi) tegishli iqtisodiy sudlarga aylantirildi; tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari (ishlarni birinchi instansiyada koʻrib chiqadi) tashkil etildi, sud majlisi kotibi lavozimi oʻrniga sudya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlari kiritildi va h.k (barcha oʻzgartirishlarning toʻliq sharhi – sharhda).

 

Tegishincha, amaldagi Xoʻjalik protsessual kodeksini ham foydalanilayotgan terminologiya qismida, ham u tomondan tartibga solinadigan odil sudlovni amalga oshirish qismida  qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga keldi. Shu bois Iqtisodiy protsessual kodeks loyihasi ishlab chiqildi (21.02.2017 yildagi PF-4966-son Farmonda nazarda tutilgan).  Portalimizda ushbu loyihaning sharhi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining sharhlari va uning mazmuniga bizning takliflarimiz mavjud.

 

Iqtisodiy protsessual kodeks 2018 yil 1 aprelda kuchga kiradi. Bu qonunosti hujjatlarini unga muvofiq keltirish, unga zid boʻlgan idoraviy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va bekor qilish imkonini beradi (Hukumatga tegishli topshiriqlar berilgan).

 

Ma’lumot uchun: Iqtisodiy protsessual kodeks Parlament tomonidan boshqa ikkita kodeks bilan bir qatorda tasdiqlangan: Fuqarolik protsessual kodeksi (22.01.2018 yildagi OʻRQ-460-son Qonun bilan tasdiqlangan, sharhga qarang) va Ma’muriy sud ishini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks (rasman e’lon qilinishi kutilmoqda).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Oleg Zamanov.