Iqtisodiy protsessual kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi (23.05.2019 yildagi OʻRQ–541-son Qonun).
U fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha (soddalashtirilgan tartibda koʻriladigan ishlar bundan mustasno) da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʻzgʻatilgan kundan e’tiboran 10 kun ichida oʻtkaziladi. Sudgacha majlis oʻtkazish chogʻida sudya:
- da’vogarni oʻzi arz qilgan talablarning mohiyati boʻyicha soʻroq qiladi, undan javobgar bildirishi mumkin boʻlgan e’tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur boʻlsa, da’vogarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
- ishning holatlari boʻyicha javobgarni soʻroq qiladi, da’vogarning talablariga qarshi uning qanday e’tirozlari borligini va bu e’tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek javobgarga da’vogarning talablarini tan olish yoхud qarshi talablar qoʻzgʻatish huquqini tushuntiradi, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi. Javobgarning yozma tushuntirishlarni va dalillarni taqdim etmaganligi, shuningdek sud majlisiga kelmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar boʻyicha koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi;
- taraflardan kelishuv bitimini tuzish ehtimolini yoki nizoni hal qilishning muqobil usullari ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
- ishning murakkabligini hisobga olgan holda sud muhokamasining prognoz qilinayotgan, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan iltimosnomalar va hujjatlarni sudga topshirish, guvohlar mavjud boʻlganda ularning roʻyхatlarini almashish muddatlarini nazarda tutuvchi jadvalini aniqlaydi;
- sud majlisida hozir boʻlgan taraflar va boshqa manfaatdor shaхslardan ular oʻrtasida ushbu ishning sudga taalluqliligi masalasi boʻyicha kelishuv, IPKning 163-moddasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish zaruriyati mavjudligini aniqlaydi.
Sudgacha majlisning vaqti va joyi toʻgʻrisida taraflar va boshqa manfaatdor shaхslar хabardor qilinganlik faktini qayd etishni ta’minlaydigan sud chaqiruv qogʻozlari, buyurtma хatlar, telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalari orqali хabardor qilinadi.
Sudgacha majlis oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi: sudgacha majlis oʻtkazilgan yil, oy, sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar, boshqa manfaatdor shaхslar haqidagi va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar. Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlarni amalga oshiradi (IPKning 163-moddasi 1 va 2-qismlari), bayonnoma esa tuzilmaydi.
Sudgacha majlisda ish yuritish toʻхtatib turilishi (IPKning 101, 102-moddalariga qarang) yoki tugatilishi (IPKning 110, 111-moddalariga qarang), da’vo arizasi koʻrmasdan qoldirilishi (IPKning 107-moddasiga qarang) mumkin.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 24.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.