Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ish beruvchilarga yoshlar uchun ijtimoiy soliq 2025 yilga qadar qoplab beriladi

27.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.04.2023 yildagi “Yoshlarning bandligiga koʻmaklashish hamda ularni doimiy ish bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-61-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, 2023 yil 1 maydan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan хodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan toʻliq qoplab beriladi.

 

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh хodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

 

Ijtimoiy soliq summasining qoplab berilishi 2023 yilda respublika byudjetidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan transfertlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2024 yil va 2025 yil uchun Davlat byudjetini shakllantirishda 2024 yil va 2025 yilning birinchi choragida ijtimoiy soliq summasini qoplab berish хarajatlarini alohida qatorda rejalashtirishni nazarda tutish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.