Prezident tomonidan 17.11.2023 yildagi «Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-196-son Farmon imzolandi.
Hujjatga muvofiq, 2023 yil 1 dekabrdan boshlab:
- byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini 7 foizga;
- bazaviy hisoblash miqdorini 3 foizga oshirish nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston hududida:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 340 000 soʻm;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 000 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 725 000 soʻm;
- nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 800 000 soʻm;
- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 800 000 soʻm;
- 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 527 000 soʻm;
- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 800 000 soʻm;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 608 000 soʻm;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 212 000 soʻmdan qoʻshiladi;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 608 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.11.2023 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.