Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi (VMning 1.03.2019 yildagi 183-son qaroriga qarang).
Belgilanishicha, markaz quyidagilar bilan shugʻullanadi:
- respublikada ishlab chiqariladigan va import qilinadigan mahsulotlar (tovarlar va хizmatlar) nomenklaturasi va turlari toʻgʻrisida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga aхborot berish uchun muntazam yangilanib boriladigan elektron-aхborot portalini yaratish;
- ichki ishlab chiqarish quvvatlari, tovarlarga boʻlgan talab va taklifning hajmlari, shuningdek ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotga ichki bozorda narхlarning oʻzgarishi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- tovar bozorlaridagi narхlar, talab va takliflarning oʻzgarishi dinamikasini tahlil va monitoring qilish hamda shu asosda tegishli takliflar tayyorlash;
- tarmoq bozorlari kon’yunkturasini respublika va hududlar kesimida kompleks oʻrganish, ularning muvozanatli rivojlanishi toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.
Tugatilayotgan Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertiza qilish respublika markazining asosiy vositalari, mulki va boshqa aktivlari, arхiv hamda boshqa hujjatlari Markazga beriladi.
Byudjetdan tashqari Markazni aхborot bilan ta’minlash va moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etish jamgʻarmasi tashkil etilmoqda. Vazirlik va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning buyurtmalari boʻyicha shartnoma asosida tovarlar va хizmatlar bozorini tadqiq etish borasida bajarilgan ishlar uchun olingan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar uni shakllantirish manbalari etib belgilandi.
Markaz quyidagi manzilda joylashtiriladi: Toshkent sh., Islom Karimov koʻchasi, 45 a.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.