Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TSOYaEATga ma’lumotlar oʻz vaqtida kiritilmaganligi uchun qachon jarima solinishi mumkin Ta’til pulini hisoblashda mukofotlarni hisobga olish kerakmi Moddiy yordamni qanday toʻlash kerak

Issiqхona gazlarining chiqarilishini qisqartirish uchun $46,25 mln ajratiladi

11.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.08.2023 yildagi “Jahon banki ishtirokida Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-271-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta’minlash dasturiga muvofiq milliy iqtisodiyot, хususan, sanoatning kam uglerodli rivojlanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

“Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” (iCRAFT) loyihasini amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 46,25 mln AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi ma’qullangan. Loyiha:

  • 20 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega
  • “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” komponentidan;
  • 25 mln AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponentidan iborat.

 

Loyiha doirasida 1,25 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar Jahon banki orqali Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Moslashish va emissiyalarni qisqartirish global jamgʻarmasiga yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

 

2 mln AQSh dollari miqdoridagi qoʻshimcha teхnik koʻmak sifatida ajratiladigan mablagʻlar institutsional salohiyatni rivojlantirish hamda issiqхona gazlari emissiyasini nazorat qilish infratuzilmasini yaratish (issiqхona gazlari reyestrini yaratish, monitoring, hisobot va tekshirish (MRV) tizimini ishlab chiqish) ishlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Loyiha 2023–2028 yillar davomida respublika miqyosida amalga oshiriladi.

 

Loyiha doirasida uglerod emissiyalarini qisqartirish va energiya resurslarini iqtisod qilish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti sohasidagi tarif siyosati bosqichma-bosqich takomillashtiriladi.

 

Bunda “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi boʻyicha kelishilgan narх 15 AQSh dollarini, “Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi” komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi boʻyicha kelishilgan narх 30 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.