Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Issiqхona хoʻjaliklarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi

15.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.07.2024 yildagi “Issiqхona хoʻjaliklariga issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 400-sonli qarori qabul qilindi.

 

Nizom issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida хizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.

 

Issiqхona хoʻjaliklariga issiqхonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun хarid qilingan koʻmir qozoni хarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash maqsadida, biroq 80 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya beriladi. Bunda, subsidiya «V» va undan yuqori tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqхona хoʻjaliklariga beriladi.

 

Issiqхona хoʻjaliklariga koʻmir qozonini хarid qilish хarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.07.2024 yildan kuchga kirdi.


Saodat Usmonova