Prezident 05.12.2022 yildagi «Izmir Shartnomasini (Izmir, 1996 yil 14 sentyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi OʻRQ-807-son Qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 8.11.2022 yilda qabul qilingan va Senat tomonidan 18.11.2022 yilda ma’qullangan.
Izmir Shartnomasi 1996 yil 14 sentyabrda 10 ta davlat tomonidan imzolangan edi:
- Afgʻoniston;
- Ozarbayjon;
- Pokiston;
- Qirgʻiziston;
- Qozogʻiston;
- Tojikiston;
- Turkiya;
- Turkmaniston;
- Eron;
- Oʻzbekiston
va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) ta’sis hujjati hisoblanadi.
Shartnomada Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, uning maqsadlari va faoliyat tamoyillari, shuningdek moliyaviy masalalar va tashkilotda qarorlarni qabul qilish tartibi belgilangan.
Oʻzbekiston tomonidan Izmir Shartnomasining ratifikatsiya qilinishi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga toʻlaqonli a’zo boʻlish uchun huquqiy asos yaratadi, shuningdek tashkilotga a’zo davlatlar bilan keng hamkorlik qilish imkonini beradi.
Oʻzbekistonning tashkilotda toʻlaqonli ishtirok etishi хorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, transport-logistika yoʻlaklarini, shu jumladan tranzit yuklarni tashish uchun tariflarni birхillashtirish yoʻli bilan kengaytirish, shuningdek mamlakat hududlarining turistik jozibadorligini oshirish imkonini beradi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.12.2022 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova.