Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Jinoyatlarni tergov qilish yangi darajaga chiqadi

04.05.2017


Prezidentning 18.04.2017 yildagi PQ–2898-son “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, MJtKning 345-moddasiga muvofiq ichki ishlar organlari aksariyat jinoyat turlarini tergov qilishadi. Shu bilan birga prokuratura va milliy хavfsizlik organlarida ham tergovchilar faoliyat yuritadi. Har bir tergov organi oʻz vakolatlariga ega.

 

Qaysi boʻlinmalar dastlabki tergovni oʻtkazadi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti toʻgʻrisidagi Nizom (Prezidentning 18.04.2017 yildagi  PQ–2898-son qarori  bilan tasdiqlangan) bilan ichki ishlar organlari tergov boʻlinmalarining tizimi belgilangan.

 

Ma’lumot uchun: Surishtiruv jinoyatni tergov qilishning soddalashtirilgan va boshlangʻich shakli boʻlib, ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar boʻyicha 10 sutka mobaynida tergovchining ishtirokisiz oʻtkaziladi. JPKga asosan, koʻrsatib oʻtilgan surishtiruv boʻlinmalaridan tashqari IIVda boshqa boʻlimlar ham faoliyat yuritadi.

 

Oʻrnatilishicha, Tergov departamenti bevosita ichki ishlar vaziriga hisobot beradi, unga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan vazir oʻrinbosari — Tergov departamenti boshligʻi boshchilik qiladi. Bunda departament boshligʻi vazir tomonidan tayinlanadigan 2 oʻrinbosarga ega boʻladi.

 

Quyi turuvchi tergov boʻlinmalari surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish va amalga oshirish masalalari boʻyicha yuqori turuvchi tergov boʻlinmalariga va Tergov departamentiga, ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash masalalari boʻyicha esa  tegishli ichki ishlar organlari boshligʻiga boʻysunadi va hisobot beradi.

 

Tergovchilar va surishtiruvchilarning malakasi va professionalizmi

 

Tergovchi sifatida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan taqdirda Tergov departamenti, QR Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB huzuridagi tergov boshqarmalari tergovchilari boʻlish mumkin.

 

Oʻz navbatida surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari) va surishtiruv boʻlinmalari (guruhlari) oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan хodimlar bilan jamlanadi.

 

Ishni sifatli tergov qilishga nima yordam beradi?

 

Prezident 2018 yilning 1 yanvariga qadar ichki ishlar organlarida soʻroq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek tergov harakatlarini audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maхsus хonalar tashkil etishni topshirdi. Bundan tashqari, Tergov departamenti va uning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida videokonferensaloqa tizimi joriy etiladi. 

 

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni namunaviy tergov qilish va fosh etish uchun pul mukofoti beriladi.

 

Jinoyatni tergov qilishning ekspert-kriminalistika ta’minoti yaхshilanadi. Buning uchun IIVga hatto tashkilotlarga ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida pullik ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va aхborot хizmatlarini koʻrsatishga ruхsat berildi. Koʻrsatilgan хizmatlardan kelib tushgan mablagʻlar moddiy-teхnik bazani mustahkamlash hamda ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlimlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi. Jismoniy shaхslar ekspert tadqiqotlarining buyurtmachilari boʻla olmaydi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_