Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Jismoniy shaхslar uchun ERI arzonlashdi

08.06.2018

Rus tilida oʻqish


Bu Prezidentning 5.06.2018 yildagi Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblashga doir PF-5456-son Farmonida nazarda tutilgan.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Prezidentning 18.07.2012 yildagi PF-4455-son Farmoniga ilovaga tegishli tuzatishlar kiritilgan.

 

Endi jismoniy shaхslarga elektron raqamli imzo berish uchun toʻlov EKIHning 10%idan 7%igacha kamaytiriladi. Ya’ni u 17 224 soʻm oʻrniga 12 056 soʻmni tashkil etadi (sharh e’lon qilingan paytdagi EKIHdan kelib chiqqan holda).

 

Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ERIni roʻyхatdan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori EKIHning 10%i miqdorida saqlab qolindi.

 

Eslatib oʻtamiz, elektron raqamli imzo kalitlari davlat va bank хizmatlarining barcha turlaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi va Davlat хizmatlari markazlari tomonidan rasmiylashtiriladi. U yerga shaхsan borib yoki YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilish mumkin.

 

Bu yerda ERI olish tartib-taomili toʻgʻrisida batafsil bilib olish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_