Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Jismoniy shaхslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25%ga oshirildi

11.12.2019

Rus tilida oʻqish

2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaхslar tomonidan koʻchmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi.

 

Soliqlar pasaytirilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 2014 yildan buyon hukumat koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishning eng kam stavkalarini belgilaydi. Ijaraga beruvchi oʻzining mol-mulkini juda arzon yoki hatto bepul taqdim etishga haqli. Biroq byudjet bundan ziyon koʻrmasligi kerak. Ijaraning belgilangan eng kam stavkalaridan kelib chiqib, 12% JShDSni toʻlashga toʻgʻri keladi. Oʻtgan yilga nisbatan stavkalar indeksatsiya qilingan:

  • noturar joylar uchun – 15-25%ga. Toshkent shahridagi noturar koʻchmas mulk boʻyicha ijaraning eng kam stavkalari hammasidan koʻp oʻsdi – oyiga 1 kv.m. uchun 25 ming soʻm.
  • avtotransport vositalari uchun, oʻrtacha – 6%ga (9.12.2019 yildagi OʻRQ-589-son Qonunga 12-ilova).

 

Fuqarolar mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlarga 2020 yilda 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, yuridik shaхslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini har yili viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan yaqin vaqtda NORMA «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Buхgalter.uz