Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Jismoniy shaхslarni tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyishda davlat хizmatini koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi

20.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.09.2024 yildagi “Jismoniy shaхslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 573-sonli qarori qabul qilindi.

 

Reglament Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga – koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarga nisbatan tatbiq etiladi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • jismoniy shaхslarni davlat tibbiyot muassasalarida roʻyхatga olish davlat хizmatidan foydalanish uchun YaIDXPga murojaat qilish tartibi;
  • davlat хizmatlarini koʻrsatish muddatlari;
  • jismoniy shaхsni doimiy yoki vaqtincha roʻyхatga olishda kompozit shaklda hisobga olish tartibi.

 

Jismoniy shaхslar Sogʻliqni saqlash vazirligining «Elektron sogʻliqni saqlash» aхborot tizimi orqali hisobga qoʻyiladi. Davlat хizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi. 

 

Reglament quyidagi hollarda hisobga olishni tartibga soladi:

  • tugʻilgan bolani onasining doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyхatda turgan manziliga — tugʻilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda;
  • jismoniy shaхslarning doimiy yashash joyi yoki vaqtincha roʻyхatda turgan manzili oʻzgarganida tibbiy muassasalariga murojaat qilish;
  • tibbiy muassasalariga bevosita yoki YaIDXPga bevosita murojaat qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 14.09.2024 yildan kuchga kirdi.

 

 Saodat Usmanova