«Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida»gi Qonun (24.03.2026 y. OʻRQ-1123-son) yangi tahrirda qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi Qonunda murabbiy, sport hakami va sport agentining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari belgilangan.
Bundan tashqari, sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish, sport musobaqalari natijalariga noqonuniy ta’sir koʻrsatishga qarshi kurashishga oid normalar kiritildi.
Qonunda ta’lim tizimida, fuqarolarning ish, yashash va dam olish joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni, shuningdek, moslashuvchan jismoniy tarbiya va sportni (nogironligi boʻlgan shaхslarni jismoniy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish vositalari) tashkil etish masalalariga urgʻu berilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



