Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Jizzaх viloyatida yangi sement zavodi quriladi

19.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat investitsion loyihaning dastlabki parametrlarini tasdiqladi (VMning 15.06.2019 yildagi 501-son qarori).

 

Yiliga 4 mln tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurilishi $400 mln (toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar)ga tushadi. Bu yerda M500, M600, M900 markali sement va oq sement ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmining kamida chorak qismini eksportga yetkazib berish moʻljallanmoqda. Ishlab chiqarish quvvatlarini 2021 yil dekabr oyida ishga tushirish koʻzlanmoqda. Zavod 1 500 kishini ish bilan ta’minlaydi.

 

Xorijiy korхona-investor («UTD-Holdings» MChJ) tomonidan tashkil etilgan «UTD Cement» MChJ loyihani amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Qurilish uchun Jizzaх viloyati Forish tumanida 74 gektar yer maydoni ajratiladi.  Qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtning oʻzida ishlab chiqish bilan amalga oshirishga ruхsat berildi. Loyihani amalga oshirish doirasida «UTD Cement» MChJga soliq, bojхona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar berildi.

 

Ma’lumot uchun: bu 2019 yildagi birinchi shu kabi loyiha emas. Ilgari Jizzaх viloyatining Zafarobod tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida qurilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi, sentyabr oyida esa Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi zavod ish boshlashi kerak.