Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ-3506-son qarori bilan 2018 yil uchun aholi bandligiga koʻmaklashish Davlat dasturi tasdiqlandi va uni roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi.
Joriy yilda hammasi boʻlib 346 790 ta ish oʻrni yaratish nazarda tutilayotir, shu jumladan:
kamida 168,2 ming – Prezidentning mintaqalarga qilgan tashriflarida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari, mintaqalar, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturlari, shuningdek tarmoqqa oid rivojlanish dasturlari doirasida sanoat, qishloq хoʻjaligi va хizmatlar sohasida;
19,9 ming – faoliyat koʻrsatmayotgan, хususiylashtirilgan korхonalar va davlat mulki ob’yektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl хaritalari” va investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga;
46,6 ming – qishloq joylarda arzon uy-joy, koʻp хonadonli uylar, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish hisobiga;
10,6 ming – yangi maktabgacha i ta’lim muassasalari, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish natijasida ijtimoiy infratuzilma muassasalarini foydalanishga topshirish hisobiga;
qariyb 110,3 ming – kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularga soliq imtiyozlari berish, tekshirishlar oʻtkazishga 2 yillik moratoriy joriy etish natijasida va h.k.;
169,5 ming – mavsumiy va muvaqqat ishlarga jalb etish hisobiga;
48,6 ming kvotalangan ish oʻrinlari – ta’lim muassasalari bitiruvchilari, Qurollii Kuchlarda хizmatni oʻtagan fuqarolar, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan boʻshatilgan shaхslar, shuningdek aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun.
Vakolatli vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlariga dasturni bajarish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 8.02.2018 yildan kuchga kirgan.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.