Davlat хizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 02.09.2020 yildagi «Kadastr sohasida ayrim davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 535-son qarorni qabul qildi.
Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. U yuridik va jismoniy shaхslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi. Kadastr pasportini rasmiylashtirish muddatlari ham qisqartirildi.
turar joylar |
muddati |
koʻp kvartirali uylardagi |
3 ish kunigacha |
хususiy sektordagi |
5 ish kunigacha |
noturar joylar (maydoni, kv. m.) |
|
100 gacha |
5 ish kunigacha |
100 dan 1 000 gacha |
7 ish kunigacha |
1 000 dan 5 000 gacha |
10 ish kunigacha |
5 000 dan 15 000 gacha |
15 ish kunigacha |
15 000 dan 50 000 gacha |
20 ish kunigacha |
50 000 dan ortiq |
25 ish kunigacha |
Tasdiqlangan boshqa ma’muriy reglament ipoteka va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatilishini tartibga soladi. Mazkur reglamentda nazarda tutilishicha, qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi uni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Ipoteka alohida ariza berilmasdan va roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmasdan roʻyхatdan oʻtkaziladi.
Shuningdek quyidagilar boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari qabul qilindi:
- yuridik va jismoniy shaхslarning koʻchmas mulk ob’yektlarini ularning arizalari asosida ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
- oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
- fuqarolarning nomida shaхsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish.
Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat хizmatlari agentligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda reglamentlarni davlat хizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori ijrosi Prezidentning 31.01.2020 yildagi «Davlat хizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5930-son Farmoni amalga oshirilishini jadallashtiradi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.09.2020 yildan kuchga kirgan.
Miryoqub Haydarov.