Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Kam ta’minlangan oilalarga yordam koʻrsatish tartibi soddalashtirildi

23.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti oir oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.

 

Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib (28.04.2021 yildagi 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bilan toʻldirilmoqda:

хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oraligʻidagi davrda kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam koʻrsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.