Sogʻliqni saqlash vazirligi kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyхatini yangiladi (roʻyхat raqami 3258-1, 3.11.2020 y.).
Ilgarigi versiya (roʻyхat raqami 3258, 03.06.2020 y .) bilan solishtirganda roʻyхat 138 dan 163 pozitsiyagacha oshirildi.
Roʻyхatga kam uchraydigan kasalliklarga tashхis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar qoʻshildi. Xususan, bu turli oʻlcham va zichlikdagi yumshoq silikon bogʻlamlar, bogʻlamlarni fiksatsiyalash uchun elastik bintlar, shuningdek davolash vositalaridan iborat atravmatik bogʻlamlar, salfetkalar va fiksatsiyalovchi bintlar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.