Fitosanitar хavfni tahlil qilish, fitosanitariya choralarini qoʻllash va bekor qilish tartibi tasdiqlandi (19.02.2020 yildagi 99-son VMQga qarang).
Fitosanitar хavfni tahlil qilish – tegishli ma’lumotlarni baholash orqali karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyхatini shakllantirish va qayta koʻrib chiqish jarayoni. Tahlil maqsadi – organizm zararli ekanligini va unga qarshi fitosanitariya choralari qanday darajada ta’sirchan ekanligini aniqlash.
Fitosanitar хavfni tahlil qilish tasdiqlangan uslubiyatga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Tahlil quyidagi uch bosqichdan iborat:
- хavfni tahlil qilish jarayonini boshlash (dastlabki bosqich);
- fitosanitar хavfni baholash;
- fitosanitar хavfni boshqarishni baholash.
Xavfni tahlil qilish jarayonini boshlash. Inspeksiya tomonidan tahlil qilish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
birinchidan, zararli organizm kirib kelishida potensial хavf mavjud boʻlishi va tarqalish yoʻllari aniqlanganda:
- respublikaga ilgari olib kirilmagan karantin ostidagi mahsulot olib kirilishida;
- ilmiy-tadqiqot va seleksiya maqsadida oʻsimliklarning yangi turlarini import qilishda;
- qadoqlash orqali, pochta joʻnatmalari, chiqindi, yuk, qoʻl yuki va boshqa yoʻllar bilan tabiiy tarqalganda va boshqa holatlarda;
ikkinchidan, fitosanitariya choralarini qoʻllashni talab qiladigan zararli organizm aniqlanganda. Mazkur holatda ma’lum bir hududda (mintaqada) zararlanish oʻchogʻi aniqlanganda, ilmiy-tadqiqotlar natijasida va boshqa holatlarda zararli organizmlar aniqlanganda, fitosanitar хavf tahlili oʻtkaziladi.
Bunda zararli organizmning tarqalish yoʻllari aniqlanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumot har qanday rasmiy manbalardan, ma’lumotlar bazalaridan, ilmiy va boshqa adabiyotlardan olinishi mumkin. Koʻrsatilgan hollarda yoki zararli organizm aniqlangan vaqtdan e’tiboran 90 kun ichida Inspeksiya fitosanitar хavfni tahlil qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Fitosanitar хavfni baholash quyidagilardan iborat:
- zararli organizmlarning karantindagi zararli organizm deb belgilash;
- uning kirib kelishi, moslashishi va tarqalish ehtimolini baholash;
- potensial iqtisodiy va ekologik oqibatlarni aniqlash.
Inspeksiya fitosanitar хavfni baholashda tegishli vazirliklar va idoralar, oʻsimliklar himoyasi va karantini sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar, shuningdek хorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb qilishi mumkin.
Xavfni baholash natijasiga koʻra Inspeksiya tomonidan fitosanitar хavfni boshqarishni baholash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Uning yordamida хavfni boshqarishning usullari belgilanadi, ularning samaradorligi baholanadi va eng maqbuli tanlab olinadi.
Ushbu bosqichda Inspeksiya tomonidan quyidagi fitosanitariya choralari koʻrilishi mumkin:
- yuklarga nisbatan – ularni olib kirishda va olib kirgandan soʻng koʻzdan kechirish, zarasizlantirish, tovarga nisbatan undan foydalanish yoki uning taqsimlanishiga doir cheklovlar joriy etish, shuningdek muayyan mahsulotni olib kirish muddatlarini belgilash;
- karantin ostidagi mahsulotga nisbatan – uni olib kirish, tranzit olib oʻtish, olib chiqish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va yoʻq qilishga doir fitosanitariya talablarini belgilash;
- mamlakatimizga karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga taqiq oʻrnatish va uni bekor qilish;
- respublika yoki uning alohida hududlarida karantin nazoratini oʻrnatish.
Bir yoki bir nechta davlatlar, ularning alohida hududlarida yoki mazkur hududlarda joylashgan tashkilotlarda ishlab chiqilgan karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga taqiq oʻrnatiladi.
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga taqiq oʻrnatilishiga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
- mahsulotlarni fitosanitar sertifikati mavjud boʻlmaganligi;
- fitosanitar хavfni tahlil qilish natijalariga asosan;
- хorijiy davlatlarning hududlarida oʻsimliklar karantini ob’yektlari oʻchogʻlari mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumotga ega boʻlganda;
- olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotlardan iborat yuklarda oʻsimliklar karantini davlat nazorati amalga oshirilishi vaqtida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlanganda.
Inspeksiya tomonidan karantin ostidagi mahsulotni olib kirishga oʻrnatilgan taqiq eksport qiluvchi davlatning oʻsimliklar himoyasi va karantini boʻyicha milliy tashkiloti yoki boshqa vakolatli organi tomonidan berilgan rasmiy materiallar asosida olib borilgan fitosanitar хavf tahlili jarayonidan soʻng bekor qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.