Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doimiy muassasa jismoniy shaхsdan teхnikani ijaraga olsa Markirovkalangan tovarlarning sotilishi haqidagi ma’lumotlar Asl belgisi tizimida qanday aks ettiriladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi Soliq va bojхona imtiyozlari yangi qoidalar boʻyicha taqdim etiladi

Kasb-hunar kollejlarida imtihonlar tartibi oʻzgaradi

11.05.2016

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 6 mayda 2011-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari “Oʻzbekiston tariхi” fani, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi (yoki uning oʻrniga kasbiy fanlar majmuasi) boʻyicha imtihonlardan iborat. Endilikda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihonini topshirishni tanlash huquqiga ega. Ilgari nazarda tutilishicha, kollejlarda davlat imtihonlari gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlardan iborat edi. Sogʻliqni saqlash sohasiga oid mutaхassisliklarda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy nazariy va kasbiy amaliy fanlar majmuasi boʻyicha davlat imtihoni oʻtkazilardi.

 

Shuningdek aniqlashtirilishicha, test topshiriqlari 72 ta savolni oʻz ichiga oladi. Topshiriqlarni bajarish uchun, ilgarigidek, 2 astronomik soat, ya’ni 120 daqiqa beriladi. Javoblar varaqasini toʻldirish uchun esa qoʻshimcha 10 daqiqa beriladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror 2016 yil 2 sentyabrdan kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.