Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi. Ular 26 martdan kuchga kiradi (24.12.2019 yildagi OʻRQ-597-son Qonunga qarang).
Quyidagilar uchun nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan qaror qabul qilindi:
- kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish (MJTKning 119-moddasi). Qoidalar haqida batafsil – bu yerda;
- kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarganlik uchun (MJTKning 132-moddasi).
Huquqbuzarlik |
Sanksiya |
|
2020 yil 26 martgacha |
2020 yil 26 martdan |
|
FVVning Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini buzish
|
fuqarolarga – 1 BHM mansabdor shaхslarga – 2 BHM |
|
Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish |
fuqarolarga – ½ BHMdan 1 BHMgacha mansabdor shaхslarga – 1 BHMdan 2 BHMgacha yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 1 yilgacha muddatga mahrum etish
|
fuqarolarga – 2 BHM mansabdor shaхslarga – 3 BHM yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oygacha muddatga mahrum etish |
Kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi, shuningdek kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaхslarga topshirish |
1 BHMdan 2 BHMgacha jarima yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 6 oygacha muddatga mahrum etish
|
5 BHM miqdorida jarima yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 2 yilgacha muddatga mahrum etish
|
Ushbu toifalar boʻyicha idoraviy mansubligi oʻzgarishi mumkin. FVVning1 Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari faqat ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, keyin esa ushbu bayonnoma koʻrib chiqish uchun sudga yuboriladi.
Kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorlar Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan ijro etiladi (izohga qarang). Guvohnomani olib qoʻyish tartibi FVV tomonidan belgilanadi.
Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 26.03.2020 yildan kuchga kiradi.
[1] Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaхassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari.