Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Kimlar yosh tadbirkorlar hisoblanadi

13.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi (10.05.2021 yildagi 294-son VMQ).

 

Hujjat Prezidentning 21.04.2021 yildagi «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5088-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish va boshqarish;
  • zonalar hududiga joylashtirish uchun yosh tadbirkorlik sub’yektining investitsiya loyihalarini tanlab olish va joylashtirish;
  • zonalarda joylashgan binolar va inshootlarni хususiylashtirish;
  • tijorat banklari tomonidan qurilgan bino va inshootlarni lizing yoki ijaraga berish tartibi.

 

Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar nazarda tutilgan: 

  • Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • Jamgʻarma faoliyatini boshqarish tartibi;
  • Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishga doir hisobot va nazorat yuritish tartibi.

 

Belgilanishicha, yosh tadbirkorlik sub’yekti 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan hamda yuridik shaхs maqomida yoki ta’sischilari sifatida sanoat yoki хizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan Oʻzbekiston fuqarolari hisoblanadi.

 

Barcha tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarma mablagʻlari tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ajratilishi belgilangan.

 

Tegishli vazirlik va idoralarga 20.05.2021 yilgacha quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • 1.09.2021 yilgacha 77 ta hamda 1.01.2022 yilgacha 142 ta zonalar ishga tushirilishini nazarda tutuvchi ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimi doirasida nazarda tutilgan imkoniyatlar va imtiyozlar toʻgʻrisida yoshlar orasida keng targʻibot ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagilar yuklatildi:

  • har yili 25 dekabrgacha – Jamgʻarmaning kelgusi yil uchun ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • har yili 20 yanvargacha – Jamgʻarma mablagʻlarining taqsimlanishi boʻyicha yillik hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.