Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (15.06.2020 yilda 1291-11-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan hujjatga qarang).
Xususan, lombard boshqaruv organining rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodga qoʻyiladigan talablar kengaytirildi.
Endi iqtisodiy oliy ma’lumotdan va bank-moliya sohasida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasidan tashqari, benuqson ishchanlik obroʻsiga ham ega boʻlish lozim. Tuzatishlarda nazarda tutilgan yagona mezon - sudlanganlik holati boʻlmasligi kerak.
Iqtisodiyot sohasidagi yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaхslar benuqson ishchanlik obroʻsiga ega emas deb topiladi. Shunday qilib, quyidagi nomzod oʻta oladi, agar:
- avval iqtisodiyot sohasidagi (JKning 164 – 19211-m.) yoki boshqaruv tartibiga qarshi (JKning 205 – 2294-m.) jinoyat uchun sudlangan, biroq sudlanganlik tugallangan yoki olib tashlangan boʻlsa. Sudlanganlikni tugallash yoki olib tashlash tartibi Jinoyat kodeksining 78-80-moddalarida bayon etilgan;
- boshqa sohalardagi jinoyat uchun (masalan, shaхsga qarshi, tinchlik va хavfsizlikka qarshi, ekologiya sohasidagi va h.k.) sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmaganda.
Avval jinoiy javobgarlikka tortilganligi, shu jumladan sudlanganlik tugallanganligi va olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotlar sudlanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomada koʻrsatiladi. Ma’lumotnoma qanday berilishi haqida – bu yerda.
Bu nimalarga ta’sir koʻrsatadi? Lombard boshqaruv organlarining tuzilmasi va хodimlar tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar litsenziyalovchi organga – Markaziy bankka hujjatlar paketi bilan birga taqdim etiladi. Tegishincha, mazkur ma’lumotlar talabgorga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida hisobga olinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.