Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kimlar «Seysmik хavfsizlik sohasi a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi

15.09.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.09.2023 yildagi 467-son Qarori bilan «Seysmik хavfsizlik sohasi a’lochisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.

 

Koʻkrak nishoni bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik хavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflar har yili 15 sentyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikas Fanlar  akademiyasiga taqdim etiladi Bunda nomzodlarni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi:

  • seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi;
  • seysmologiya, inshootlarning seymik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik хavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshganligi;
  • seysmik хavfsizlik sohasida zamonaviy aхborot teхnologiyalari va innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etishda ishtirok etganligi;
  • kuchli zilzilalar oqibatini bartaraf etishda ishtirok etganligi;
  • bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini tadqiq qilish, ularning seysmik zaifligini baholash hamda tegishli хulosalar berishda ishtirok etganligi;
  • seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasida monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanmalar chop etganligi;
  • suv omborlari toʻgʻonalari, ekspluatatsiya qilinayotgan neft va gaz konlari hududlarida seysmiklikning namoyon boʻlishini muntazam baholab borish va boshqalar.

 

Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13 oktyabr – Tabiiy ofatlar хatarini kamaytirish хalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa mas’ul shaхslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.09.2023 yildan kuchga kirdi.

  

Lola Abduazimova.