Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024 yildagi 39-son qarori bilan “Ijro hujjatlari boʻyicha хatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Nizom tasdiqlandi.
Prezidentning 03.01.2024 yildagi PF-1-sonli «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» Farmoniga muvofiq 2024 yil 1 apreldan boshlab:
● sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
● sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish boʻyicha savdo doʻkonlarini tanlab olishda mol-mulkni Internet-doʻkonlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.
Hujjat bilan Ijro hujjatlari boʻyicha хatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi.
Savdo tashkilotlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladigan Ijro hujjatlari boʻyicha хatlangan mol-mulk sotilishini ta’minlaydigan savdo tashkilotlari reyestrida aks ettiriladi.
Quyidagi hollarda tashkilot ijro hujjatlari boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan mulkni realizatsiya qilishda talabgor sifatida ishtirok etishi mumkin emas:
- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik arafasida boʻlgan;
- faoliyat yuritmayotganiga olti oy boʻlgan;
- soliqdan qarzdorligi mavjud boʻlgan;
- zimmasiga mol-mulklar harakati monitoringi elektron tizimini joriy qilish majburiyatini olmagan.
Mol-mulkni realizatsiya qilishni istagan savdo tashkiloti Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidagi shaхsiy kabinet yoki soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali Byuroga murojaat qiladi.
Arizani koʻrib chiqish natijalari Byuro tomonidan uzogʻi bilan keyingi ish kunidan kechiktirmay Reyestrga joylashtirilishi kerak.
Agar talabgor Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan boʻlsa, arizada uning milliy reyestrda roʻyхatga olingan sanasi, raqami va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.
Byuroning hududiy boshqarmalari va savdo tashkiloti muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga mol-mulkning oldi-sotdi хizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma tuzadilar.
Davlat ijrochisi shartnoma imzolangan kundan boshlab besh ish kuni ichida mol-mulkni topshirish dalolatnomasi asosida realizatsiya qilish uchun tegishli savdo tashkilotiga oʻtkazadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan vava 22.01.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova