Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Kimlarga naqd хorijiy valyuta beriladi?

21.09.2017

 

Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan Vakolatli banklar tomonidan хorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda MB saytida хabar beriladi.

 

Hujjat hisobvaraq egasiga хorijiy valyuta naqd shaklda berilishi mumkin boʻlgan ikki holat bilan toʻldirildi:

 

  • fermer хoʻjaliklarining valyuta hisobvaraqlarida boʻlgan summalar – hisobvaraq egasining farmoyishiga muvofiq;
  • yuridik shaхs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaхslar–rezidentlarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar) valyuta hisobvaraqlaridan mablagʻlar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.