Oʻquvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar roʻyхati kengaytirildi. Umumiy oʻrta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 1778-2, 6.11.2019 y.).
Shu tariqa, maktab oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:
- mukovissidoz, aralash shakli, ogʻir turi (kasallik kodi Ye84);
- plevrit (J90-K94);
- nospetsifik yarali kolit (zoʻriqish davri, K51);
- jigar pirrozi (dekompensatsiya davri, K74.6).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.