Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

«Kinematografiya fidokori» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

05.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2022 yildagi 480-son qarori bilan «Kinematografiya fidokori» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.

 

Hujjat bilan «Kinematografiya fidokori» koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun shaхslarni taqdim etish va mukofotni topshirish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.

 

Koʻkrak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va gʻoyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, shuningdek milliy filmlarni keng targʻib qilish ishlariga munosib hissa qoʻshgan shaхslar taqdirlanadi.

 

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni har yili 1 dekabrga qadar Kinematografiya agentligiga  taqdim etadi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 nafardan iborat tarkibda komissiya tuziladi.  20 dekabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa qabul qilinadi, uning asosida Agentlik bosh direktorining buyrugʻi 25 dekabrga qadar chiqariladi.

 

Koʻkrak nishoni har yili 28 dekabr - Xalqaro kino kuni arafasida topshiriladi. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.