“Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son Qonun bilan kirim qilinmagan tovarlarni saqlash uchun sanksiya yumshatildi.
SKning 114-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar kirim qilinmagan tovarlarni saqlash uchun sanksiyani yumshatdi. Bugun kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, kirim qilinmagan tovar qiymatining 20%ini tashkil qiladigan jarima solinishiga olib keladi. Avval amal qilgan jarima kirim qilinmagan tovarning butun qiymatiga teng edi.
Goʻzal ISLAMOVA,
ekspertimiz.