Mehnat vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 8.06.2016 yilda 2797-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (19.05.2015 yildagi 164-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ishchilarning asosiy kasblari klassifikatorida (Klassifikatorga 1-ilova) sulfinatsiyalovchi va yetiltiruvchi apparatchilar, katta oʻlchamdagi yuk koʻtaruvchi karyer avtosamosvallari haydovchilari, yakuniy silliqlovchilar, yegerlarning tarif razryadlari diapazonlari oʻzgartirildi.
17 nomdagi ishchi kasblari kiritildi, 7 tasi esa Xizmatchilarning asosiy lavozimlari klassifikatoriga (Klassifikatorga 2-ilova) koʻchirildi. Ular qatorida yongʻin avtoyukortgich va oʻt oʻchirish mashinasi haydovchilari, massajchi, oʻt oʻchiruvchi, oilaviy tadbirkorlik rahbari, raqamli fond supervayzeri, hisobchi bor.
Xizmatchilarning bir nechta lavozimlari qayta nomlandi va 72 yangi lavozim qoʻshildi.
Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 13.06.2016 yildagi 23-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.