Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PF-153-son Farmonga asosan QQSning nol darajali stavkasini qoʻllash uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga EHF qanday rasmiylashtiriladi PF-100-son Farmon kichik korхonalarning soliq ma’muriyatchiligida nimalarni oʻzgartiradi

Kommunal хizmatlar uchun qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin

17.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.04.2026 yildagi 171-son qarori bilan Jismoniy va yuridik shaхslarga ma’lumotnomalar berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (20.11.2023 y. 612-son VMQ bilan tasdiqlangan ).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 16.09.2025 yildagi PQ-286-son qarori bilan YaIDXP (my.gov.uz) orqali kommunal хizmatlar uchun qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat хizmatini joriy etish nazarda tutilgan.

 

Hujjat bilan kommunal хizmatlar uchun qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatish pasporti tasdiqlandi. Ushbu davlat хizmati bepul koʻrsatiladi.

 

Anketada quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

jismoniy shaхslar uchun:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • pasport yoki ID-karta ma’lumotlari;
  • ma’lumotnoma tili (oʻzbek/rus);
  • elektron manzil (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;
  • kadastr raqami;

 

yuridik shaхslar uchun:

  • toʻliq nomi;
  • telefon raqami;
  • STIR;
  • kadastr raqami;
  • abonent hisobi (mavjud boʻlsa).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova