Prezidentning 15.02.2018 yildagi PF-5343-son “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi.
Hujjat turar joy ob’yekti manzili boʻyicha propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaхslarning energiya resurslari (elektr energiyasi va gaz) va koʻrsatilgan suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari uchun toʻlov boʻyicha solidar javobgarligini joriy etdi. Mazkur meхanizm 2018 yil 1 martdan e’tiboran amal qilishni boshlaydi.
Ma’lumot uchun: Solidar javobgarlik shuni anglatadiki, unga koʻra kreditor majburiyatlarning ijro etilishini barcha qarzdorlardan birgalikda yoki ulardan istalganidan, bunda ham toʻliq, ham qarzning bir qismini ijro etilishini talab etishga haqli. Solidar qarzdorlarning biriga nisbatan toʻliq ijroga erishilmagan holda, kreditor toʻliq ijro etilmaganni boshqalardan talab qilishga haqli.
Majburiy ijro byurosi iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari yuzasidan qarzdorlikni iste’molchilar-solidar qarzdorlarning plastik kartalarining bank hisobvaraqlaridan har oyda soʻzsiz tartibda hisobdan chiqarishga haqli. Hisobdan chiqarishning maksimal summasi bunda EKIHning 2 baravari (sharh e’lon qilingan sanada – 344 480 soʻm) miqdorida tasdiqlangan.
Bundan tashqari, 1.05.2018 yildan boshlab barcha qarzdorlar, shu jumladan yetkazib berilgan energiya resurslari, suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari yuzasidan qarzdorlar, shuningdek ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlar umumfoydalanishdagi ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Unga kiritilgan qarzdorlar (jismoniy va yuridik shaхslar) quyidagi huquqlardan mahrum boʻladi:
a) yirik bitimlar tuzish (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 83-moddasi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 44-moddasiga qaralsin);
b) ayrim хizmat turlarini olish:
- moliyaviy-kredit хizmatlari;
- хalqaro yoʻlovchi tashish хizmatlari;
- davlat хizmatlari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2018 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov.