Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Kommunal toʻlovlarni undirish tartibi oʻzgarmoqda

11.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.11.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-993-son Qonun imzolandi.


Kiritilayotgan qoʻshimchalar bilan koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilinganda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ham ilova qilinishi belgilanmoqda: 

1) koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining koʻp kvartirali uyni boshqarish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasi;

2) koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasining koʻchirma nusхasi -  koʻp kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda;

3) qarz yuzaga kelgan davr koʻrsatilgan qarz hisob-kitobi;

4) qarzni uzish toʻgʻrisidagi talabning qarzdorga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.

 

Shuningdek, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari oʻzlari koʻrsatgan хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga hamda iqtisodiy sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. Bunda, ularninr talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev