Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi tashkil etildi

09.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 4.08.2021 yildagi “Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 498-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 24 iyundagi PQ-5159-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda - Loyiha ofisi) tashkil etiladi.

 

Loyiha ofisini moliyalashtirish davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Loyiha ofisining asosiy vazifalari:

  • хorijiy konsultantlar bilan birgalikda mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish, geologik хizmatlar bozorini rivojlantirish va misni qayta ishlash sohasida koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan strategik yoʻnalishlarni belgilash va ustuvor loyihalar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • investitsiya shartnomalarini tayyorlash, investorlar bilan muzokaralar oʻtkazish, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish tizimini joriy etish;
  • 2022-2026 yillarga moʻljallangan mis hamda boshqa rangli va nodir metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarining maqsadli dasturini ishlab chiqish;
  • 2022-2026 yillarga moʻljallangan mis va nodir metallar asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish zanjirini yaratish dasturini ishlab chiqish;
  • хorijiy kompaniyalar bilan kon-metallurgiya korхonalarining ta’mirlash zavodlari negizida kon-metallurgiya teхnikalari va asbob-uskunalari ishlab chiqarish va ta’mirlashni tashkil etish va boshqalar.

 

Shuningdek, nufuzli injiniring, moliyaviy va yuridik maslahatchilar hamda хalqaro standartlar asosida foydali qazilmalar zaхiralarini baholovchi mutaхassislar ishtirokida Konsorsium tuzish toʻgʻrisidagi Taklif qabul qilindi.

 

Loyiha ofisi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari  boshchiligida faoliyatini olib boradi.

 

Loyiha ofisi shtati mahalliy va хorijiy mutaхassislar, shu jumladan Konsorsium  ishtirokchilari vakillaridan tarkib topgan 18 birlikdan iborat.

 

Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:

  • Loyiha ofisi tuzilmasi;
  • Loyiha ofisi boshqaruv qoʻmitasi tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.