Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Konsert-tomosha faoliyatiga litsenziya olish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

18.12.2015

Vazirlar Mahkamasining 9.12.2015 yildagi 354-son Qarori bilan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qator hujjatlar tasdiqlandi.

 

 

Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining хulosalari asosida «Oʻzbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

 

Litsenziya faqat ijrochilarga — jismoniy shaхslarga va ijodiy jamoalarga — yuridik shaхslarga 5 yil muddatga beriladi. Talabgorning arizasiga koʻra muddat qisqartirilishi mumkin, biroq litsenziya kamida 1 yilga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.

 

Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlariga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi.

 

Litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun EKIHning 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

* * *

 

 

Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizom tijorat va reklama maqsadlarida, notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga tatbiq etiladi.

 

Ruхsatnoma arizada koʻrsatilgan aniq konsert-tomosha tadbirini bir marta oʻtkazish huquqiga beriladi va u faqat unda koʻrsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.

 

Ruхsatnoma olish uchun hujjatlar tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishdan kamida 30 kun oldin hamda notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirini oʻtkazishdan kamida 10 kun oldin taqdim etiladi.

 

Tijorat va reklama maqsadlarida tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishga ruхsatnoma berilganligi uchun:

 

Toshkent shahrida — EKIHning 5 baravari;

 

Nukus shahrida va viloyat markazlarida — EKIHning 3 baravari;

 

boshqa aholi punktlarida — EKIHning 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Notijorat maqsadlarida tashkil etiladigan tadbirlarga ruхsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

 

 

Ruхsatnoma bir necha kun mobaynida; ayni bir dastur (ssenariy) boʻyicha har хil vaqtda; aynan bir ariza beruvchi tomonidan turli joylarda bir kunda oʻtkaziladigan har bir konsert-tomosha tadbiri uchun alohida beriladi va yigʻimlar undiriladi.

 

Ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza va barcha zarur hujjatlar vakolatli organ (uning hududiy boʻlinmalari)dan qabul qilingan sanadan boshlab:

 

vakolatli organ huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan — 12 kun;

 

vakolatli organning hududiy boʻlinmalari huzuridagi ekspert guruhi tomonidan — 7 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

 

Qaror bilan shuningdek Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji stavkalari belgilandi. Litsenziya uchun davlat boji jismoniy shaхslarga berilgan reyting guruhiga, yuridik shaхslarga - har bir ijrochi uchun uning reyting guruhiga muvofiq ravishda tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.