Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Kredit tashkilotlariga iste’molchilar huquqlarini buzganliklari uchun jarima solinadi

27.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisidagi nizom yangi bob bilan toʻldirildi (23.05.2019 yildagi 622-9-son roʻyхat raqamiga qarang). Tuzatishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.

 

Hujjatga bank хizmatlari iste’molchilari huquqlarini buzganlik uchun sanksiyani kiritdilar. Bu holda jarima miqdorlari quyidagilarga nisbatan:

 

  • tijorat bankiga - bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1%igacha miqdorini (amaldagi qiymatda 100 mln soʻmni tashkil qiladi);

 

  • mikrokredit tashkilotiga - mikrokredit tashkiloti ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining 0,1%i miqdorini (amaldagi qiymatda 2 mln soʻmni tashkil qiladi);

 

  • lombardga - EKIHning 10 baravari miqdorini tashkil etadi (amaldagi qiymatda 2 027 300 soʻmni tashkil qiladi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2019 yildan kuchga kiradi.

 

 Oleg Zamanov.