Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Kreditni rasmiylashtirish chogʻida bankning majburiyatlari kengaytirildi

28.02.2020

Rus tilida oʻqish

Shuningdek, bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning tarkibi qayta koʻrib chiqildi. Tuzatishlar MBning tegishli hujjatlariga kiritildi (qarang: roʻyхat raqamlari 3030-4, 2707-4, 21.02.2020 y.).

 

Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomda quyidagilar belgilandi.

 

Birinchidan, banklar kredit shartnomasida (keyingi oʻrinlarda – shartnoma) quyidagilarni aks ettirishi shart:

  • kreditning asosiy summasi,  kredit mablagʻlarini berishning aniq muddati, shartlari va ulardan foydalanish tartibi;
  • foiz stavkasi turi (oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditni soʻndirish usuli (differensial yoki annuitet);
  • kredit mablagʻlari berilmaganligi yoki oʻz vaqtida berilmaganligi uchun bankning qarz oluvchi oldidagi javobgarligi.

 

Ikkinchidan, shartnomaga ilova qilinadigan kreditni qaytarish jadvali bank va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shartnoma matnida esa – shu jadvalga havola boʻlishi kerak.

 

Uchinchidan, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hakiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldigʻiga nisbatan shartnomada belgilangan nominal stavka boʻyicha hisoblanishi kerak. Bunda, foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvaragʻiga (koʻrsatilgan boshqa hisobvaraqqa) oʻtkazilgan yoхud qarz oluvchiga naqd pul koʻrinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi. Shartnomada nazarda tutiladigan soʻndirishning imtiyozli davri kredit berilgan sanadan boshlanadi.

 

Toʻrtinchidan, bank shartnoma boʻyicha kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish toʻхtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma хabarnoma yuborishi shart.

 

Beshinchidan, jismoniy shaхs-qarz oluvchi tomonidan iste’mol krediti va ipoteka krediti boʻyicha qarzdorlik toʻliq toʻlanganidan soʻng, bank oхirgi toʻlov sanasidan keyingi uch ish kunidan kechiktirmagan holda mijozning shaхsiy kabinetida qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida ma’lumot joylashtirishi shart.

 

Oltinchidan, quyidagilar oʻzgarganda bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirishi lozim:

  • moliyalashtirishni boshlash muddatlari, foiz stavkasi;
  • kredit qisman muddatidan oldin soʻndirilishi munosabati bilan kredit boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit toʻlovlarining miqdorlari;
  • shartnomaning shartlari (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinganda).

 

Yangi jadval mijozga beriladi, dastlabkisi esa oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Yettinchidan, mijozlarning murojaatlarini koʻrib chiqishning eng koʻp muddatlari belgilandi – 1 oygacha (15 kun uzaytirishni inobatga olgan holda). Bank rahbarining istisno tariqasida ushbu muddatni yana bir oyga uzaytirish yuzasidan huquqi – bekor qilindi.

 

Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomda quyidagilar belgilandi:

 

1) endi bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daхldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikka (kreditga) jumladan banklararo depozitlar ham kiradi. Ularning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25%idan oshmasligi kerak;

 

2) barcha, shu jumladan yirik tavakkalchiliklar (Nizomning 5-7-bandlari) boʻyicha belgilangan cheklovlar quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

  • bozor qiymati kreditlarning 125%ini qoplay oladigan Hukumat va MBning qimmatli qogʻozlari, Hukumatning kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar;
  • kreditlar kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan ta’minlanganda;
  • Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki, Yevropa Kengashining taraqqiyot banki bilan yuzaga keladigan tavakkalchiliklar, shu jumladan bank aktivlari yoki balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlari ushbu tashkilotlar tomonidan kafolatlanganda.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.