Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilindi (17.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3584-son).
Buyruq bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmat koʻrsatuvchi provayderlarning faoliyati boʻyicha litsenziya berish uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda:
- kripto-birja uchun – BHMning 73,4 ming baravari (27,5 mlrd soʻm);
- mayning-pul uchun - BHMning 3 ming baravari (1,1 mlrd soʻm);
- kripto-depozitariy – BHMning 7 ming baravari (2,6 mlrd soʻm);
- kripto-doʻkon – BHMning 3,7 ming baravari (1,4 mlrd soʻm).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev