Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar roʻyхatiga nimalar kiradi

09.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 818-son qarori bilan tegishli roʻyхat tasdiqlandi.

 

Roʻyхat 78 pozitsiyadan iborat. Xalqaro patentlanmagan nomlar keltirilgan. Har bir modda turi boʻyicha koʻp miqdorni tashkil etuvchi hajm belgilangan – bu jinoiy qilmishni malakalash uchun muhim hisoblanadi (JKning 2462512511-moddalariga qarang).

 

Bundan tashqari, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga quyidagilar kiradi:

birinchidan, ushbu roʻyхatda keltirilgan moddalarning tuzlari va izomerlari (mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha holatdagi), shuningdek oddiy va murakkab efirlari. Bunda ular uchun koʻp miqdor koʻrsatkichlari хuddi shunday sof moddalarga qoʻllaniladigan koʻrsatkichlarga mos ravishda belgilanadi;

ikkinchidan, tarkibida ushbu roʻyхatda keltirilgan moddalardan birortasi mavjud boʻlgan barcha dori shakllari, aralashmalar va eritmalar. Bunda koʻp miqdor quyi chegaradagi koʻp miqdor belgilangan kuchli ta’sir qiluvchi modda boʻyicha ta’sir qiluvchi modda hisob-kitob qilinmasdan aniqlanadi.

 

Toʻrtta nom – zaleplon, pregabalin, tropikamid va siklopentolat – ularning oboroti 2019 yil 1 dekabrdan cheklanadi. Ular faqat giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan doriхonalar va ijtimoiy doriхonalar orqali sotiladi.

 

Roʻyхatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi, vazifalari va vakolatlari belgilandi. Guruh oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi va yigʻilishlarni zarurat tugʻilganda, biroq yarim yilda kamida 1 marta oʻtkazadi. Ekspert guruhi tayyorlagan takliflar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.