Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

Koʻchmas mulk bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga qanday beriladi

11.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.06.2021 yildagi 355-son qarori bilan Respublika koʻchmas mulk ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • koʻchmas mulk ob’yektini berish uchun hujjalarni tayyorlash;
  • ob’yektni berish boʻyicha qaror qabul qilish;
  • ob’yektni topshirish va qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish.

 

Nizomga asosan, respublika koʻchmas mulk ob’yektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan ob’yektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz beriladi.

 

Respublika koʻchmas mulk ob’yektlari - davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli boʻlgan mulkiy kompleks (korхona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va ularning qismlari.

 

Qoʻshimcha ravishda respublika koʻchmas mulk ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • respublika koʻchmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilishi toʻgʻrisida Prezidentning va (yoki) hukumatning tegishli topshirigʻi nusхasi (agar mavjud boʻlsa);
  • manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) koʻchmas mulkni berish toʻgʻrisidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari;
  • manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) begʻaraz berish toʻgʻrisidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari;
  • respublika koʻchmas mulk ob’yekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusхalari;
  • ob’yektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.