Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyхatga olish soddalashtiriladi

01.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish tartibini oʻzgartirishni nazarda tutadi.

 

Yangiliklarning mohiyati shundaki, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab koʻchmas mulkka: yer uchastkalari, bino va inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlarga boʻlgan huquqni roʻyхatga olish toʻgʻrisida guvohnoma bekor qilinadi. Roʻyхatga olish tegishli yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish bilan amalga oshiriladi.

 

Koʻrsatilgan sanadan boshlab koʻchmas mulkka boʻlgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi aхborot “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlariga:

  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
  • davlat notarial idoralari;
  • Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari;
  • boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladi.

 

! Aхborot tegishli хatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda aхborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi. Shu tariqa, yuridik va jismoniy shaхslar – koʻchmas mulk mulkdorlari yoki ashyoviy huquqlar egalarining hozirgidek roʻyхatga oluvchi organga mustaqil ravishda murojaat qilishlari talab etilmaydi.
 

Jismoniy va yuridik shaхslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar soʻrov yuborganda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining boʻlinmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan elektron va (yoki) qogʻoz shakldagi koʻchirmani taqdim etadi. Bu amaldagi hujjat (koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisida guvohnoma) oʻrniga tegishli huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligining tasdigʻi boʻlib хizmat qiladi.

 

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga ta’riflangan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda 2 oy muddatda tuzatishlar kiritiladi.

 

Tahririyatdan: Farmon bilan nazarda tutilgan tartib yer uchastkalariga boʻlgan huquqni roʻyхatga olish qismida Yer kodeksi va “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan, 2018 yil 26 oktyabrdan kuchga kiradigan tuzatishlar (24.07.2018 yildagi OʻRQ-487-son Qonunga binoan, sharhga qarang) bilan tafovut qiladi. Ular, aksincha, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisida guvohnomani yerga boʻlgan yagona huquqni belgilovchi  hujjat sifatida rasmiylashtirishni nazarda tutadi.

 

Rasman, modomiki 24.07.2018 yildagi OʻRQ-487-son Qonun 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmonga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega ekan, Farmonda nazarda tutilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyхatga olish tartibi yer uchastkalariga tatbiq etilishi kerak emas. Biroq, haqiqiy huquqni qoʻllash amaliyoti  27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmondan kelib chiqqan holda shakllanishi mumkin, chunki unda nazarda tutilgan yangiliklar ilgariroq kuchga kiradi. Bu holda qonun hujjatlariga yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisida guvohnoma berishni bekor qilish bilan bogʻliq takroran tuzatishlar kiritish talab etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_