Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Koʻchmas mulkni birlashtirish va boʻlish tartibi belgilandi

10.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi «Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi 424-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda: 

  • koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti;
  • koʻchmas mulkni boʻlish hamda birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari.

 

Koʻchmas mulkni boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash uchun shaхs YaIDXP, davlat хizmatlari markazi yoki Kadastr agentligining veb-sayti orqali ariza yoʻllaydi. Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali 10 kun ichida joyiga chiqqan holda koʻchmas mulkni boʻlish imkoniyatini oʻrganib, abris tayyorlaydi va koʻchmas mulkning yangi chegaralarini belgilash haqida dalolatnoma tuzadi.

 

Dalolatnoma koʻchmas mulklarning mulkdorlari tomonidan ERI orqali tasdiqlanadi va dalolatnoma Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi tuman (shahar) boʻlimiga yuborilib, boʻlim tomonidan 3 kun ichida kelishiladi.

 

Kelishilgan dalolatnoma murojaatchiga yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 26.08.2023 yilda kuchga kirgan. 

 

 Sobir Nurberdiyev.