Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Koʻchmas mulkni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchilar doimiy ravishda test topshirishadi

25.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2023 yildagi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 409-son qaror qabul qilindi.

 

Nizomga koʻra:

  • roʻyхatdan oʻtkazuvchilarning malakasi Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida oshiriladi;
  •  malaka oshirish kamida 3 yilda bir marotaba amalga oshiriladi;
  • malaka oshirish natijalari boʻyicha test oʻtkaziladi. 56 va undan yuqori ball toʻplagan roʻyхatdan oʻtkazuvchilarga tegishli sertifikat beriladi;
  • tegishli ball yigʻolmagan roʻyхatdan oʻtkazuvchilar koʻchmas mulkni davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan vaqtinchalik chetlatiladi (qayta malaka oshirish va muvaffaqiyatli test topshirgunga qadar);
  • takroran muvaffaqiyatsiz test topshirgan roʻyхatdan oʻtkazuvchilar bir oy ichida boshqa ishga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev