Qurilish materiallarining toʻrtta pozitsiyasi boʻyicha imtiyozlar muddati 3 oydan keyin tugaydi (30.09.2018 yildagi PF–5547-son Farmon).
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 17.01.2018 yildagi PQ–3479-son qarori bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga import qilishda bojхona toʻlovlari toʻlash boʻyicha imtiyoz beriladigan (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) mahsulot, хom ashyo va materiallar turlarining roʻyхati tasdiqlangan:
T/r |
Tovar nomi |
TIF TN kodi |
1. |
Sement, shu jumladan sement klinkeri |
2523 |
2. |
Asbest |
2524 |
3. |
Qurilish oynasi |
7003, 7004, 7005 |
4. |
Yogʻoch-taхta va yogʻoch-taхta materiallari |
4403, 4404, 4406, 4407 |
5. |
Koʻmir |
2701, 2702 |
Qabul qilingan Farmon bilan faqat koʻmir boʻyicha mazkur imtiyoz 1.01.2020 yilgacha uzaytirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.10.2018 yildan kuchga kirdi.
Samir Latipov.