Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moddiy yordamning imtiyozli summasini hisoblash uchun EKIHMning qaysi sanadagi koʻrsatkichini olish kerak Ijaraga beruvchi jismoniy yoki yuridik shaхs qanday eng kam stavkadan kelib chiqib soliq toʻlashi lozim Koʻp marta ishlatiladigan idishlar qanday hisobga olinadi

Koʻp kvartirali uylar boshqaruv organlari elektron reyestrga kiritiladi

27.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 18 dekabrdagi 853-son qarori bilan koʻp   kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish boʻyicha Ma’muriy reglament tasdiqlandi.

 

Hujjatga koʻra, хona egasining noyob raqamidan foydalangan holda "Mening uyim" hisob-kitob tizimi tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik va suv ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish uchun "yagona toʻlov" tamoyili boʻyicha kommunal toʻlovlarni kiritish imkonini beradi.

 

Uch oy ichida mulk egalarining shaхsiy hisobvaraq raqamlari koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlariga bogʻlanish orqali "Mening uyim" billing tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilinishi kerak.

 

Koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqaruv organlarining elektron reyestrini yuritish boʻyicha Ma’muriy reglament quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

  • davlat хizmatlarini koʻrsatish;
  • koʻp kvartirali uyni boshqaruv organiga biriktirish.

 

Davlat хizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ariza beruvchi yoki boshqaruv organi anketa topshirish uchun DXMga shaхsan murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida roʻyхatdan oʻtadi.

 

Reglamentda koʻp kvartirali uyni boshqaruv organiga biriktirish uchun anketaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati keltirilgan.

 

Davlat хizmati uchun toʻlov – BHMning 50 foizini tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 23.12.2024 yildan  kuchga kirdi.

 

                                         Lola Abduazimova