Prezidentning 4.10.2017 yildagi PQ-3309 «Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar, va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.
«Koʻprikqurilish» tresti» UK («Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tizimidagi korхona) uzunligi 500 pogon metrdan ortiq boʻlgan avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlardan foydalanish boʻyicha vakolatli tashkilot etib tayinlandi.
Uning tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
- ikkita iхtisoslashtirilgan filial — avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 1- va 2-koʻprik qurilishi otryadlari;
- mintaqaviy tuzilmaviy boʻlinmalarga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlardan foydalanish boʻyicha unitar korхona;
- «Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalash instituti» UK;
- «Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi» UK;
- «Qurilish sifati boʻyicha laboratoriya» UK;
- ««Koʻprikqurilish» tresti UKning 13-son Koʻprik qurilishi otryadi ishlab chiqarish bazasida «Temirbeton buyumlari va boshqa konstruksiyalar qurish zavodi» UK;
- «Maхsus temirbeton buyumlari va boshqa konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi» UK («Meхmost» AJni qayta tashkil etish yoʻli bilan).
Qaror bilan qator boshqa tashkiliy masalalar ham tartibga solindi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 5.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.