Tibbiy va farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) uchun litsenziyalarni tezlashtirilgan tartibda berish meхanizmi joriy etilmoqda (VMning 2.07.2019 yildagi 548-son qarori).
Eslatib oʻtamiz, 15.02.2019 yildagi PQ-4193-son qaror davlat rahbarining bunday topshirigʻini oʻz ichiga olgan.
Endi tibbiy yoki farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani talabgor tanloviga koʻra umumiy hamda tezlashtirilgan tartibda olish yoki qayta rasmiylashtirish mumkin.
Tezlashtirilgan tartibda davlat хizmatlari koʻrsatishda yigʻimning oshirilgan stavkalari belgilangan, biroq arizani koʻrib chiqish muddati jiddiy ravishda qisqaradi (solishtirish jadvaliga qarang).
Faoliyat turi |
Umumiy tartib |
Tezlashtirilgan tartib |
||
Arizani koʻrib chiqishning eng koʻp muddati |
Yigʻim summasi |
Arizani koʻrib chiqishning eng koʻp muddati |
Yigʻim summasi |
|
Farmatsevtika |
15 kun |
2 EKIX |
5 ish kuni
|
4 EKIH |
Tibbiy |
20 kun |
2 EKIH |
5 EKIH |
Koʻrsatilgan har bir faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyani tezlashtirilgan tartibda qayta rasmiylashtirish uchun 2 EKIH (umumiy tartibda - 1 EKIH) toʻlashga toʻgʻri keladi, koʻrib chiqish muddati esa odatdagidek 5 ish kuni emas, balki 1 ish kunini talab etadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.