Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

LBMA хodimlari Toshkent va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin

05.12.2018


Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida хodimlarni doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyхati yana kengaytirildi (VMning 3.12.2018 yildagi 980-son qarori).

 

2018 yil 4 dekabrdan Roʻyхatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoʻshildi.

 

Eslatib oʻtamiz, LBMA Prezidentning 24.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5120-son Farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlikning vazifalari va funksiyalari Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ–3150-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan.

 

Idoraning boshqa shaharlik хodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхati 11-bandiga asosan lavozimda boʻlgan davrda doimiy propiskaga ega boʻladilar. Mazkur band ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaхassislar, tor iхtisoslikdagi mutaхassislar, shuningdek ularning oila a’zolariga (eri, хotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari) nisbatan tatbiq etiladi.

 

Mazkur toifaga mansub fuqarolar doimiy propiskani rasmiylashtirayotganda hujjatlar paketini taqdim etishlari kerak, unda, boshqalari qatori, organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasi, shuningdek lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma ham boʻlishi lozim.

 

Fuqaro 11-band asosida propiska qilingan boʻlsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan turar joy boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (uning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:

  • IIOning doimiy propiska qilinganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasini taqdim etganda;
  • kamida 3 yil davomida lavozimda boʻlganida (Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 50-9-bandiga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.12.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Samir Latipov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_